Asosiy Laboratoriyalar Vositalar O‘yinlar Topshiriqlar
Ish va elastik potensial energiya laboratoriyasi
Overview Picture for Elastic Energy Lab
Bu laboratoriya ishi sizga prujinaning cho‘zilish kattaligi va unga berilgan energiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradi. Har safar prujinani cho‘zganingizda u har xil kattalikka cho‘ziladi. Sizning vazifangiz - kuchning cho‘zilishga bog‘liqlik grafigi ostidagi yuzani topish. Bu sizga prujinaga qo‘shgan energiyangizni beradi. Men kamida 5 xil cho‘zilishni bajarishni va tegishli energiyalarni topishni taklif qilaman.

Tajribani boshlashga tayyor bo‘lganingizda "Boshlash" tugmasini bosing.
Boshlash
Sizning brauzeringiz HTML 5.0 Canvas-ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Boshqa brauzer orqali urinib ko‘ring (masalan, Google Chrome)!!!
Boshlash
Qayta urinish
Topshiriqni bajarishdan oldin, ushbu laboratoriyada ishlatiladigan prujinaning dastlabki uzunligini va prujina raqamini yozib oling.

Shundan so‘ng prujinani cho‘zish uchun "Boshlash" tugmasini bosing.
Kamida 5 ta tajriba davomida ma’lumotlarni yozib borishingiz kerak.

Agar mashqlardan birortasini bajarganingizda oldingi mashqdagi kabi cho‘zilishga erishsangiz, bu mashqni yozib qo‘ymang, balki o‘tkazib yuboring va uni yana cho‘zishga harakat qiling.
Beshta sinovni tugatgandan so‘ng, prujinani yana bir marta cho‘zing, endi grafikning N/m dagi qiyaligini aniqlang.

So‘ngra (J) energiyaning (m) uzunlikka bog‘liqlik grafigini chizing. Grafik konstantasini prujina konstantasi bilan bog‘lashga harakat qiling.
Prujinaning yangi uzunligini va uning cho‘zilishini yozing.

So‘ngra quyidagi kuch va masofa grafigi ostidagi yuzani aniqlang. Bu grafik uchun metrlarda ishlash sizga, prujinaga Joulda qo‘shgan energiyangizni beradi.

Keyin prujinani asl uzunligiga qaytarish uchun "Qayta urinish" tugmasini bosing.
Sizning brauzeringiz HTML 5.0 Canvas-ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Boshqa brauzer orqali urinib ko‘ring (masalan, Google Chrome)!!!
Sahifani yangilash