Asosiy Laboratoriyalar Vositalar O‘yinlar Topshiriqlar
Kuchlanish orqali o‘tkazgich qarshiligini aniqlash laboratoriyasi
Overview Picture for Resistance From Voltage Lab With Predictions
Ushbu laboratoriya ishida siz simning radiusi uning qarshiligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganasiz.

Qarshilikni aniqlash uchun sim orqali 1 amperlik tok o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan kuchlanishni o‘lchaymiz.

Modelimizni yaratib bo‘lgach, uni hali sinovdan o‘tkazilmagan holatlarni bashorat qilish uchun qo‘llaymiz.
Boshlash
Sizning brauzeringiz HTML 5.0 Canvas-ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Boshqa brauzer orqali urinib ko‘ring (masalan, Google Chrome)!!!
Sinov simingizdan tok o‘tmoqda. Kuchlanish slayderi yordamida tokni imkon qadar 1 A ga yaqinlashtiring. Slayderni joyida mahkamlash uchun uning ustiga bosing. 1 A tok hosil qilish uchun zarur bo‘lgan kuchlanish simingizning qarshiligini aniqlaydigan mezon hisoblanadi.

Boshqa o‘lchamdagi simga o‘tish uchun sim kesimini bosing.

Agar 1 A tok hosil qilish uchun ko‘proq kuchlanish kerak bo‘lsa, quvvat manbaini "Yuqori" rejimga o‘tkazing.

Yakunlash
Simning ko‘ndalang kesimi yuzi (m^2) x o‘qida va qarshiligi (Ω) y o‘qida bo‘lgan grafik chizing.

Grafikning o‘zgarmas koeffitsientini kiriting.

So‘ngra, grafik tenglamasidan foydalanib, berilgan yuzaga mos keluvchi qarshilikni va berilgan qarshilikka mos keluvchi yuzani hisoblang.

Javobingizni quyiga kiriting!
Birliklarni kiritmang!
Ism:
Garfik doimiysi:
Qarshilik (Ω):
Yuza (m^2):
Yuborish
Qayta urinish
Sahifani yangilash